"Central Asian Medical University" halqaro tibbiyot universiteti

Universitet haqida

2022-yil 6-sentabrda Central Asian Medical University O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan №037700-sonli litsenziyasini oldi.

O`qitish tibbiyotning 3 ta yo`nalishi bo`yicha olib boriladi: Davolasj ishi (o`qish muddati - 6 yil), Stomatologiya (o`qish muddati - 5 yil) va Pediatriya (o`qish muddati - 6 yil).

Bugungi kunda 3 ta yo`nalishda 2538 ga yaqin talaba tahsil olmoqda, ularning 173 nafari xorij fuqarolardir. Mashg'ulotlar ECTS kredit-modul tizimi bo'yicha olib boriladi.

Talabalarga 30 dan ortiq fan doktorlari va fan nomzodlari saboq beradi. Fanlar majmuasi tibbiyot sohasidagi bilimlarni chuqur egallashga qaratilgan. O`quv jarayoni va darsliklar xalqaro standartlarga javob beradi va nufuzli ta`lim tashkilotlari tomonidan e`tirof etilgan.

25 million AQSh dollarlik loyiha asosida “Meridian diagnostic gospital” MChJ negizida N.Mamasadiqov tomonidan "Central Aisan Medical University" xalqaro tibbiyot universiteti tashkil etilib, 100 dan ortiq ish o`rni yaratildi.

Mazkur tibbiyot universitetini tashkil etish uchun Rossiya Federatsiyasidan 1 milliard so`mlik “Pirogov” interaktiv anatomik stol, O`zbekiston va Rossiya Federatsiyasidan 200 million so`mlik o`quv adabiyotlari, Xitoydan 250 million so`mlik maneken va fantomlar xarid qilindi.

Xitoydan 300 million so`mlik jihozlar, kompyuterlar, elektron doskalar, Rossiya Federatsiyasidan 250 million so`mlik o`quv laboratoriya jihozlari keltirildi.

Farg`ona shahri, Sanoat ko`chasi, 24-uy manzilida joylashgan 4 qavatli bino to`liq ta`mirlanib, foydalanishga topshirildi. Buning uchun 3 milliard so`m mablag` sarflandi.

Ta`lim yo`nalishlari

Davolash ishi

Davolash ishi ta`lim yo`nalishi - sog`liqni saqlash sohasidagi yo`nalish bo`lib, u tibbiyot sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko`nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo`naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, uslublarining majmuasini qamrab oladi. Davolash ishi yo`nalishi tibbiyotning eng nufuzli yo`nalishlaridan biri bo`lib bu yo`nalishda mamlakatimizda bu yo`nalish bo`yicha kadrlar 100 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlab kelinadi.

Stomatologiya

Stomatologiya bakalavriat ta`lim yo`nalishi - ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida, sog`liqni saqlash tizimining muassasalarida stomatologiyani rivojlantirish, kasalliklarni tashxislar va davolashning zamonaviy usullaridan keng foydalangan xolda bemorlarning tibbiy muammolari bo`yicha asosiy vazifalarni hal qilish, stomatologik yordam va dispanser kuzatuv faoliyatining usullari va uslublarining sifatini oshirish (davolash-profilaktik, tibbiy-ijtimoiy) bo`yicha kompleks masalalarni yechish, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o`z ichiga oladi.

Pediatriya ishi

Pediatriya ishi bakalavr yo'nalishi bolalar sog'lig'ini saqlash va ularni davolashga yo'naltirilgan bo'lib, tug'ilishdan to balog'at yoshigacha bo'lgan bolalar uchun sog'liqni saqlash xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha bilim va ko'nikmalarni beradi.

Olioy hamshiralik ishi

Hamshiralik jarayoni - bu ma`lum bir xodimning har qanday faoliyat sohasiga taalluqli bo`lgan hamshira yoki hamshira faoliyatini tashkil etish usuli. Ushbu usul turli xil sog`liqni saqlash sharoitlarida qo`llanilishi mumkin. Terapiyadagi hamshiralik jarayoni bemorga uning ruhiy qadriyatlari va madaniyatiga mos ravishda psixologik, ma`naviy va jismoniy qulayliklarni taqdim etish orqali kasallik jarayonida tegishli hayot sifatini ta`minlashga intiladi.

Hamshiralik ishi

Hamshiralik jarayoni - bu ma`lum bir xodimning har qanday faoliyat sohasiga taalluqli bo`lgan hamshira yoki hamshira faoliyatini tashkil etish usuli. Ushbu usul turli xil sog`liqni saqlash sharoitlarida qo`llanilishi mumkin. Terapiyadagi hamshiralik jarayoni bemorga uning ruhiy qadriyatlari va madaniyatiga mos ravishda psixologik, ma`naviy va jismoniy qulayliklarni taqdim etish orqali kasallik jarayonida tegishli hayot sifatini ta`minlashga intiladi.