Pediatriya ishi yo`nalishi
Pediatriya ishi ta`lim yo`nalishi – sog`liqni saqlash sohasidagi yo`nalish bo`lib, u tibbiyot sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko`nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo`naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, uslublarining majmuasini qamrab oladi. Davolash ishi yo`nalishi tibbiyotning eng nufuzli yo`nalishlaridan biri bo`lib bu yo`nalishda mamlakatimizda bu yo`nalish bo`yicha kadrlar 100 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlab kelinadi.
O`quv dastur maqsadi
Talabalarga tibbiyotning fundamental, klinik oldi va klinik fanlari bo`yicha chuqur nazariy va amaliy bilim hamda ko`nikmalar berish. Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash.
Natija
6 yillik o`quv dasturini o`zlashtirganlaridan so`ng bitiruvchilar umumiy amaliyot shifokori diplomiga ega bo`ladilar.
Bitiruvchilar ta`limni magistraturada 70 dan ortiq mutahassisliklar bo`yicha davom ettirishlari mumkin bo`ladi.
Bakalavriat davrining o`quv dasturi:
Pediatriya ishi ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:
Ish faoliyati:
Oliy o’quv muassasalarida oliy ma’lumotli mutaxassisga mo’ljallangan o’rinlarda ishlash. Umumiy pediatr shifokor davlat muassasalarida, qishloq uchastka kasalxonalarida, tez yordam xizmatlarida, tibbiy-sanitariya qismlarida, shifokorlik-sog’lomlashtirish punktlarida, sanatoriy-profilaktoriylarda, dam olish uylarida), nodavlat tibbiy muassasalarida, xususiy, yakka tartibda ishlashi mumkin.