Stomatologiya

Davolash ishi ta`lim yo`nalishi - sog`liqni saqlash sohasidagi yo`nalish bo`lib, u tibbiyot sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko`nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo`naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, uslublarining majmuasini qamrab oladi. Davolash ishi yo`nalishi tibbiyotning eng nufuzli yo`nalishlaridan biri bo`lib bu yo`nalishda mamlakatimizda bu yo`nalish bo`yicha kadrlar 100 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlab kelinadi.

O`quv dastur maqsadi

Talabalarga tibbiyotning fundamental, klinik oldi va klinik fanlari hamda elektiv kurslar bo`yicha chuqur nazariy va amaliy bilim hamda ko`nikmalar berish. Stomatolog shifokorni tayyorlash.

Natija

5 yillik o`quv dasturini o`zlashtirganlaridan so`ng bitiruvchilar shifokor-stomatolog diplomiga ega bo`ladilar. Bitiruvchilar ta`limni magistraturada 7 ta mutaxassislik bo`yicha davom ettirishlari mumkin bo`ladi.

Bakalavriat davrining o`quv dasturi:

1-2 kurslarda talabalar tibbiy-biologik fanlar (odam anatomiyasi, tibbiy kimyo, tibbiy biologiya, gistologiya, normal fiziologiya, tibbiyot kasbiga kirish, klinik restavratsion stomatologiya va b.). 3 kursda talabalar klinik oldi va klinik fanlar (patologik anatomiya, patologik fiziologiya, farmakologiya, klinik endodontiya, og`iz bo`shlig`i jarrohligi, olinmaydigan tishlar bilan protezlash, ortopedik stomatologiya propedevtikasi va b.). 4-5 kurslarda talabalar mutaxassislik fanlari (ortodontiya, parodontologiya, yuz-jag` kasalliklari va jarohatlari, yuz-jag` jarrohligi va b. dan tahsil olishadi

Stomatologiya ishi ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:

  • 5A510401-Terapevtik stomatologiya;
  • 5A510401-Ortopedik stomatologiya;
  • 54510401-Xirurgik stomatologiya;
  • 5A510401-Yuz-jag` jarrohligi;
  • 5A510401-Ortodontiya;
  • 54510401-Bolalarjarrohlik stomatologiyasi;
  • 5A510401- Bolalar terapevtik stomatologiyasi mutaxassisliklari bo`yicha magistratura va klinik ordinatura sifatida ikki yildan kam bo`lmagan muddatda o`qishni davom ettirishi mumkin.
  • Shuningdek, o`rnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchilik sifatida ilmiy tadqiqot olib borish mumkin.