Hamshiralik ishi yo`nalishi
Hamshiralik ishi ta`lim yo`nalishi fan va sog'liqni saqlash sohalariga tegishli yo'nalish bo`lib, sog'liqni saqlash tizimi muassasalarida, aholi o'rtasida o'tkir va surunkali kasalliklaming tarqalishini oldini olish, sog'lom turmush tarzini targ`ibot qilish, zamonaviy usullardan keng foydalangan holda bemorlari sog'lomlashtirish bo'yicha asosiy muammolarni hal qilish, sog'liqni saqlash tizimining birlamchi bo'g'inida tibbiy-ijtimoiy vazifalarni bajarish bo`yicha kompleks masalalar bilan bog'liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. O’qish muddati 2 yil.
O`quv dastur maqsadi
Hamshiralik ishi ta`lim yo`nalishi fan va sog'liqni saqlash sohalariga tegishli yo'nalish bo`lib, sog'liqni saqlash tizimi muassasalarida, aholi o'rtasida o'tkir va surunkali kasalliklaming tarqalishini oldini olish, sog'lom turmush tarzini targ`ibot qilish, zamonaviy usullardan keng foydalangan holda bemorlari sog'lomlashtirish bo'yicha asosiy muammolarni hal qilish, sog'liqni saqlash tizimining birlamchi bo'g'inida tibbiy-ijtimoiy vazifalarni bajarish bo`yicha kompleks masalalar bilan bog'liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. Talabalarga tibbiyotning fundamental, klinikoldi va klinik fanlari bo`yicha chuqur nazariy va amaliy bilim hamda ko`nikmalar berish. Oliy malakali hamshirani tayyorlash
Natija
2 yillik o`quv dasturini o`zlashtirganlaridan so`ng bitiruvchilar oliy hamshiralik diplomiga ega bo`ladilar. Bitiruvchilar ta`limni magistraturada 1 mutaxassislik bo`yicha davom ettirishlari mumkin bo`ladi.
Bakalavriat davrining o`quv dasturi:
Hamshiralik ishi ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:
Sog`liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog`lig`ini saqlash (yo`nalishlar bo`yicha)mutaxassisliklari bo`yicha magistraturada o`qishni davom ettirish mumkin. Shuningdek, o`rnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy tadqiqot olib borish mumkin.