Davolash ishi yo`nalishi
Davolash ishi ta`lim yo`nalishi – sog`liqni saqlash sohasidagi yo`nalish bo`lib, u tibbiyot sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko`nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo`naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, uslublarining majmuasini qamrab oladi. Davolash ishi yo`nalishi tibbiyotning eng nufuzli yo`nalishlaridan biri bo`lib bu yo`nalishda mamlakatimizda bu yo`nalish bo`yicha kadrlar 100 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlab kelinadi.
O`quv dastur maqsadi
Talabalarga tibbiyotning fundamental, klinik oldi va klinik fanlari bo`yicha chuqur nazariy va amaliy bilim hamda ko`nikmalar berish. Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash.
Natija
6 yillik o`quv dasturini o`zlashtirganlaridan so`ng bitiruvchilar umumiy amaliyot shifokori diplomiga ega bo`ladilar.
Bitiruvchilar ta`limni magistraturada 70 dan ortiq mutahassisliklar bo`yicha davom ettirishlari mumkin bo`ladi.
Bakalavriat davrining o`quv dasturi:
1-2 kurslarda talabalar tibbiy-biologik fanlar (odam anatomiyasi, tibbiy kimyo, tibbiy biologiya, gistologiya, normal fiziologiya, tibbiyot kasbiga kirish va b.)
3-4 kurslarda talabalar klinik oldi va klinik fanlar (patologik anatomiya, patologik fiziologiya, farmakologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, bolalar kasalliklari propedevtikasi, pediatriya, gematologiya, tibbiy psixologiya va b.)
5-6 kurslarda talabalar mutahassislik fanlari (gospital jarrohlik, gospital terapiya, akusherlik va ginekologiya, oftalьmologiya, otorinolaringologiya, psixiatriya, klinik farmakologiya, xirurgik kasalliklar, ichki kasallkilar va b. dan tahsil olishadi
Davolash ishi ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:
Akusherlik va ginekologiya;
Endokrinologiya;
Terapiya (yo`nalishlar bo`yicha);
Otorinolaringologiya;
Kardiologiya;
Oftalmologiya;
Yuqumli kasalliklar (yo`nalishlar bo`yicha);
Dermatovenerologiya;
Nevrologiya;
Umumiy onkologiya;
Psixiatriya;
Xirurgiya (yunalishlar bo`yicha);
Tashxisning instrumental va funktsional usullari (yo`nalishlar bo`yicha);
Neyroxirurgiya;
Sog`liqni saqlashni boshqarish (yo`nalishlar bo`yicha)
Tibbiy psixologiya;
Urologiya;
Morfologiya (yo`nalishlar bo`yicha);
Narkologiya;
Anesteziologiya va reanimatologiya;
Travmatologiya va ortopediya;
Oilaviy tibbiyot;
Sud tibbiyot ekspertizasi;
Patologik anatomiya;
Shoshilinch tibbiy yordam;
Farmakologiya magistratura mutaxassisliklari hamda klinik ordinatura bo`yicha ikki yildan kam bo`lmagan muddatda o`qishni davom ettirishi mumkin.
Shuningdek, o`rnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi mumkin.