Oliy hamshiralik ishi yo`nalishi

Oliy hamshiralik ishi ta`lim yo`nalishi fan va sog'liqni saqlash sohalariga tegishli yo'nalish bo`lib, sog'liqni saqlash tizimi muassasalarida, aholi o'rtasida o'tkir va surunkali kasalliklaming tarqalishini oldini olish, sog'lom turmush tarzini targ`ibot qilish, zamonaviy usullardan keng foydalangan holda bemorlari sog'lomlashtirish bo'yicha asosiy muammolarni hal qilish, sog'liqni saqlash tizimining birlamchi bo'g'inida tibbiy-ijtimoiy vazifalarni bajarish bo`yicha kompleks masalalar bilan bog'liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. O’qish muddati 4 yil.

O`quv dastur maqsadi

Talabalarga tibbiyotning fundamental, klinik oldi va klinik fanlari bo`yicha chuqur nazariy va amaliy bilim hamda ko`nikmalar berish. Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash.

Natija

3 yillik o`quv dasturini o`zlashtirganlaridan so`ng bitiruvchilar umumiy oliy ma`lumotli hamshira diplomiga ega bo`ladilar. Bitiruvchilar ta`limni magistraturada 70 dan ortiq mutahassisliklar bo`yicha davom ettirishlari mumkin bo`ladi.

Ush bu fakultet bitiruvchilariga talab juda katta, «Oliy ma`lumotli hamshira» yo`nalishining bitiruvchisi quyidagi turdagi kasbiy faoliyatni bajarishga tayyor bо`lishi lozim:

  • davolash-profilaktik;
  • tashkiliy-boshkaruv;
  • axborot-taxliliy;
  • marketing;
  • innovatsion;
  • reabilitatsion;
  • tarbiyaviy-pedagogik;
  • metodik;
  • konsultativ;
  • ilmiy-izlanish.
  • Oliy hamshiralik ishi bakalavr dasturini tamomlagan talabalar shifoxonalar, klinikalar va boshqa tibbiyot muassasalarida malakali hamshira sifatida ishlash, jarrohlik amaliyotlari va shoshilinch yordam jarayonlarida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shu bilan birga, bu yo'nalish bitiruvchilari magistratura va doktorantura darajasida o'qishni davom ettirib, rahbarlik lavozimlarida yoki ta'lim sohasida faoliyat yuritishlari mumkin.